Muhammad Saloh Husanov jamoasiga munosabat bildirdi

  • 22 fevral, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 26-turining markaziy uchrashuvi musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” va amaldagi chempion “Manchester Siti” jamoalari ishtirokida bo‘ladi.

Tecno

Liverpulliklar to‘purari Muhammad Saloh “Etixad” stadionida bo‘ladigan muhim bahs oldidan raqib jamoa haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- “Manchester Siti” har doim “Manchester Siti” bo‘lib qolaveradi. Ularda barcha zamonlarning eng zo‘r murabbiylaridan biri va juda yaxshi o‘yinchilar bor.

Bu jamoada ancha yillardan biri yuqori darajada o‘ynayapti va barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan. Shunday ekan, ular har doim kuchli jamoa hisoblanadi va istalgan uchrashuvda g‘olib chiqishi mumkin.

Bo‘lajak bellashuv juda qiyin kechadi, deb o‘ylayman. Ular o‘z uyida o‘ynayotgani va tajribali futbolchilarning ko‘pligi muayyan ustunlik hisoblanadi. Biz xotirjam o‘ynagan holda g‘alaba qozonishga urinishimiz kerak, - dedi Muhammad Saloh.

Uchrashuv 23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Bu bahsda Abduqodir Husanov ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!