Muhammad Saloh eng zo‘r futbolchi sifatida kutilmagan o‘yinchini tanladi

  • 3 mart, 10:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh o‘zining eng yaxshi ko‘rgan o‘yinchisi kim ekanini aytdi. Misrlik futbolchi kutilmaganda Stiven Jerrardni tanladi.

Tecno

- PlayStation o‘ynaganimda har gal Stiven Jerrardni tanlardim. Men muntazam uni tanlab o‘ynaganman.

Stiven o‘zoq masofadan zarba berib, ko‘p gol urgan. Men u bilan ikki marta uchrashganman. Ajoyib inson, - dedi Muhammad Saloh.

32 yoshi Saloh joriy mavsumda qator rekordlarni urmoqda. U  barcha turnirlarda 39 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 30 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 22 ta golli pas uzatdi.

Ayni paytda afrikalik hujumkor futbolchi Angliya Premer-ligasi to‘purarlari bahsida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!