
Mudrik transferi yakuniy bosqichda
“Chelsi” Felishni ijaraga olayotganidan keyin Mixaylo Mudrik uchun kurashdan chiqdi. Ukraniyalik futbolchi uchun ikkala klub o‘rtasida muzokaralar boshlagangandi. Ma’ulum bo‘lishcha, endi “Aristokratlar” harakatni to‘xtatgan.
“Arsenal” esa “Shaxtyor” bilan kelishuvga erishishga yaqin deya xabar bermoqa, "Sport Arena" nashri. “Kanonirlar” to‘lovlarning 30 foizi bonuslarda bo‘lishini xohlaydi, lekin "konchilar" bu ko‘rsatkich 20 foiz bo‘lishini talab qilmoqda.
"Arsenal" hujumdagi muammolar tufayli ushbu transferni tezroq hal qilmoqchi
Fikrlar