
Muaytaychilarimiz jahon birinchiligida kurashyapti
Tailandning Bangkok shahrida muaytay bo‘yicha o‘tayotgan XX jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasining 8 nafar a’zosi yarim finalga chiqdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, O.Siddiqjonov, S.G‘aniev, Z.Saidkamolov, Sh.Jo‘raev, D.Ismoilov, M.Ardashirov, J.Nazirov va H.Qurbonov kabi muaytaychilarimiz o‘z yosh va vazn toifasida chorak final bahslarini g‘alaba bilan yakunladi.
Ma’lumot o‘rnida: jahon chempionatida havaskorlar o‘rtasida qolgan yosh toifalari bo‘yicha oxirgi saralash bahslari va yarim professionallar o‘rtasida ilk saralash janglari start oldi. Bellashuvlar davom etmoqda.
Fikrlar