Mourinoning oldiga bormayman!

  • 17 iyul, 2024, 12:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” mutasaddilari frantsiyalik legioner Kingsli Komanni transferga qo‘ygan. Yangi bosh murabbiy Vensan Kompani yangi mavsumda o‘z hamyurtiga ishonch bildirmoqchi emas.

Tecno

Kingsli Koman o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. Vaziyatdan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan Joze Mourino tajribali hujumkor futbolchini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi bo‘ldi.

Bundesliga bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan taniqli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, “Fenerbahche” rahbariyati 28 yoshli futbolchini olish uchun bir necha marotaba taklif bilan chiqdi.

Biroq Kingsli Koman bu chorlovlarning birortasini qabul qilgani yo‘q. Frantsiyalik o‘yinchining Turkiya chempionatiga ko‘chib o‘tish niyati yo‘q.

Transfermarkt portali “Bavariya” bilan 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchini 50 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!