
Mourinoni Rimdan olib ketishmoqchi
Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi portugaliyalik bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santuning iste’fosidan keyin uning o‘rnini egallaydigan mutaxassis qidirmoqda.
Santuning lavozimidan olinishiga jamoasining Osiyo Chempionlar ligasida Iroq jamoasiga yutqazib qo‘ygani sabab bo‘ldi. Bu mutaxassis o‘tgan yili jamoani mamlakat chempionligiga olib kelgandi.
Jurnalist Rudi Galettining yozishicha, saudiyaliklar asosiy nomzod sifatida “Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourinoni tanlagan.
Mourino ilgari “Real”da Karim Benzema bilan ishlagan. Frantsiyalik forvard “Real”dan ketganidan keyin “Al-Ittihod” safiga qo‘shildi va hozir bu jamoaning etakchi o‘yinchisi hisoblanadi.
“Roma”da 2021 yilning yozidan bosh murabbiylik qilayotgan Joze Mourinoning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Tajribali mutaxassis rimliklarni Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqishni uddalay olmadi. Shu bois, rahbariyat u bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Fikrlar