
Mourinoni qattiq haqorat qilishdi
Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Antonio Kassano “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoni qattiq tanqid qildi.
O‘tkir tili bilan e’tiborga tushgan Kassano portugaliyalik mutaxassisni “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan taqqosladi.
- Mourino hatto Gvardiolaning poyafzalini tozalashga ham yaramaydi. U pensiyaga chiqsa, hech kim eslamay qo‘yadi.
U murabbiy sifatida qotib qolgan. Joze qanaqa sovrinlarni yutgani meni qiziqtirmaydi. Hech bir sovrini zamonaviy futbolda qo‘lga kiritilmagan, - dedi Antonio Kassano.
60 yoshli Mourino so‘nggi sovrinini hozirgi jamoasi bilan yutgan. O‘tgan mavsumda “Roma” UEFA tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan Konferentsiyalar kubogida g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar