Mourinoga katta maosh uchun qiyin topshiriq berildi

  • 6 iyun, 2024, 07:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasi grandlaridan biri –  “Fenerbahche” jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanayotgan Joze Mourinoga qo‘yilgan vazifa va uning maoshini e’lon qildi.

Tecno

ESPN nashrining yozishicha, 61 yoshli murabbiy turk klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaganidan keyin har mavsumni uchun 10,5 million evro maosh oladi.

Klub tajribali mutaxassisga jamoani Turkiya chempioniga aylantirish vazifasini qo‘ydi. “Fenerbahche” o‘n yildan beri chempionat oltin medallarini qo‘lga kirita olmayapti. Bu jamoa so‘nggi bor 2014 yili Superliga bosh sovriniga ega chiqqan.

Joze Mourinoni shu yilning yanvar oyida “Roma”dan iste’foga chiqarilganidan keyin ishsiz yurgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!