Mourino: "Men Yamaldan ko‘ra Nikoni afzal ko‘raman"

  • 12 dekabr, 2024, 18:12
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Lamin Yamal va Niko Uilyams o‘rtasidagi tanlovini aytdi. 
 
"Ko‘plab futbol muhlislari "Evro-2024" turniri davomida Yamalni eng zo‘ri deb atashdi. To‘g‘ri, tan olish kerak Ispaniyaning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. Lamin haqiqiy iste’dod, uning kelajagi porloq. Biroq, men Nikoni afzal ko‘raman, "Atletik bilbao" vingerining o‘yinlari menga yoqadi" - deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis. 
 
Eslatib o‘tamiz, Yamal bu mavsum 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 12 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Uilyams esa 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qilgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
12/12/2024 19:33
Бир соат олдин Лазизбек Мирзаевнинг CD Legants га ўтгани ҳақида хабар турган эди. Legantsнинг расмий сайтини ахтариб ҳеч нима топа олмагач, яна қайтиб кирсам, хабар йўқ. Тушунтириб берсанглар, бу "фейк" хабармиди?
Bilolbek Imomov
12/12/2024 23:25
Yo'q feyk xabar emas. Bu rasman tasdiqlandi.