Mourino kelajagi borasida bir qarorga keldi

  • 1 aprel, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino FIFA kunlari munosabati bilan ligalarda berilgan qisqa tanaffusdan foydalanib, kelajagi borasida bosh qotirdi.

Tecno

Keyingi paytda portugaliyalik mutaxassisni Angliyaga qaytishi, PSJ yoki yana “Real”ni boshqarishi haqida gap-szlar ko‘payib borayotgan edi.

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, Mourino Rim klubi bilan imzolangan shartnomaning so‘nggi kunigacha poytaxtda qolishga qaror qilgan. Tomonlarning o‘zaro kelishuvi 2024 yilning 30 iyunigacha rasmiylashtirilgan.

Mourino qo‘l ostida “Roma” futbolchilari o‘tgan mavsumda UEFA Konferentsiyalar kubogida g‘olib chiqdi.

Jamoa joriy mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi va Evropa ligasi g‘olibligi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!