Modrichning "Real"dagi taqdiri nima bo‘ladi?

  • 6 may, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum yakunida "Real" bilan shartnomasi nihoyasiga etadigan 37 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichning kelajagi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Relevo jurnalistlarining xabar berishicha, tajribali yarim himoyachi “qirollik” klubida o‘ynashda davom etadi. Yaqin orada tomonlar yangi mehnat shartnomasini imzolaydilar, bu shartnoma yana bir mavsumga amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Modrich 2012 yildan buyon "Real" safida o‘ynab kelmoqda. U Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol (bittasi penaltidan) urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!