MMA bo‘yicha jahon chempionatining dastlabki kunida o‘zbekistonliklardan 4 ta medal!

  • 3 avgust, 2023, 15:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

BAAning Abu-Dabi shahrida IMMAF doirasida aralash jang san’atlari bo‘yicha o‘smir va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi.

Tecno

Chempionatning dastlabki kuni 12-13 yosh toifasida bahslar bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi ushbu yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Hurshidbek Koirov(Buxoro) 40 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionlik bilan birga oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 34 kg vazn toifasida Muhammadsafo Xodjamiyorov (Andijon) kumush, 37 kgda Muhammadaziz Shukurjonov(Andijon) bronza, 62 kgda Sardorbek Valiev (Jizzax) bronza medaliga ega chiqishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 46 ta davlatdan 638 ta sportchi ishtirok etayotgan jahon chempionatining dastlabki kunidan so‘ng, 4 ta medal bilan 6 - pog‘onani band etib turibdi. Bugun, 14-15 yosh toifasidagilar o‘zi yurishlarini boshlaydi.

IMG_20230803_151055_134

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!