Mirjalol Qosimov: "Bugun medallarsiz qolishimiz ham mumkin edi"

  • 1 dekabr, 2024, 04:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 2024 yilgi mavsum so‘nggi turi doirasida OKMK "Qizilqum" bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu g‘alaba orqali "konilar" o‘z o‘rnini saqlab qoldi va O‘zbekiston Superligasi vitse-chempioniga aylandi. 

Tecno

Uchrashuvdan keyin  Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi. 

"Avvalambor assalomu alaykum. Bugungi o‘yin bilan O‘zbekiston chempionatini yakunladik. Albatta ikkinchi o‘rinni olganimiz ham yutuq va bundan xursandmiz. Bu tarix va buni o‘chirib bo‘lmaydi. Fursatdan foydalanib, muxlislarni, futbolilarni, shogirdlarni tabriklayman. Oson mavsum bo‘lmadi. Bundan tashqari rahbarimizni ham o‘zim va yigitlar nomidan tabriklayman. 

Yil davomida oson o‘yinni o‘zi bo‘lmadi. Bugungi bahs ham juda qiyin bo‘ldi. Bugun 4-o‘rinni olishimiz ham mumkin edi va meddalarsiz qolardik. Shuning uchun ham futbol - millionlar o‘yini. Negaki, siz natijani oldindan bila olmaysiz. 

Superliga jadvalini qaragandim, "Metallurg" Superligani tark etishi mumkin edi, ammo futbol shunaqa narsaki, hozir qarasam "Lokomotiv" Superligadan chiqib ketibdi" - dedi Qosimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!