
Mirjalol Qosimov: "Agarda men sehrgar bo‘lganimda ertaga nima bo‘lishini aytib berar edim"
Superliga 2-turidan o‘rin olgan OKMK - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
O‘yin oldidan qanday reja qilingan edi va uchrashuv qanday o‘tdi sizning nazaringizda?
Bugungi o‘yinda sal boshqacharoq chiqdik. Lekin maqsad g‘alaba qozonish edi. Shuningdek, "Paxtakor"ni ham yaxshi bilardik. Xohlaymizmi, xohlamaymizni baribir yaxshi jamoa yig‘ilgan. Mahalliy futbolchilar hamda tajribaliy legionerlar ham tarkibda etarlicha. Albatta, "Paxtakor" hamisha yuqori o‘rinlarni egallab kelgan. O‘yin qiyin bo‘lishini bilgandik va shunga yarasha o‘yin uslubimizni ham o‘zgartirdik. Raqibimizning qanot himoyachilari Alijonov va Adhamzoda bosh og‘riq bo‘ldi. Shu saba 5 ta himoyachi bilan chiqdik va bu besamar bo‘lmadi. Qanotlarni ham o‘z vaqtida yopa oldik va kerakli paytda hujumga chiqib muhim bo‘lgan natijaga erishdik. Yigitlar oldiga qo‘yilgan maqsadning ustidan chiqishdi. Shu fursatdan foydalanib barcha jamoamiz futbolchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz muhlislar uchun o‘ynaymiz shu qatorda bizni qo‘llab quvvatlab turgan muhlislarga ham rahmat demoqchiman.
Ikkinchi taymda "Paxtakor" hujumga o‘tganda majburan orqaga qaytildimi yoki raqib bunga majbur qildimi?
Birinchidan raqib jamoa hujumga chiqdi. Ikkinchidan shogirtlarim ham iloji boricha hisobni saqlab qolishga ham harakat qilishdi. 4 ta kombinatsion himoyachi bilan o‘ynayman va bugungi uchta markaziy 3 ta markaziy himoyachi bilan chiqqanimizda mening nazarimda ular uchun yangilik bo‘ldi. Futbol davomida sxema har doim o‘zgaradi. U va boshqa vaziyatlarda ham yigitlar tushunish kerak va bajarish kerak
OKMK dastlabki ikki turda 100 foizlik natija qayd etdi. Endi FIFA kunlari boshlanadi. Bu klubga foydaga ishlashi mumkinmi yoki minusgami?
Agarda men sehrgar bo‘lganimda ertaga nima bo‘lishini aytib berar edim. Endi buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.
Fikrlar