
Millatlar ligasi. Ana sensatsiya! Angliya Vengriyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egalladi, Vengriya esa...
Millatlar ligasi guruh bosqich 4-turidan o‘rin olgan Vengriya - Angliya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar yirik 4:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mazkur bellashuvda Shalai dubl qayd etdi. Shuningdek, Nad hamda Gazdag o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, vengriyaliklar "C" guruhida 7 ochko to‘plagan holda, birinchi o‘rinni band etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. 2 ochkosi bor inglizlar so‘nggi pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar