
"Milan" "Fiorentina"ning 2 nafar etakchi futbolchisini sotib olmoqchi
“Milan” yozgi transferlar davrida “Fiorentina”ning birdaniga 2 ta futbolchisini sotib olmoqchi.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “rossonerilar” himoyachi Nikola Milenkovich va vinger Federiko Kezani tarkibga jalb etmoqchi. “Binafsharanglilar” serbiyalik futbolchini 40 mln evroga, italiyalik futbolchini esa 70 mln evroga baholamoqda.
22 yoshli Milinkevich o‘tgan mavsum A Seriyada 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi. 22 yoshli Keza esa 34 ta o‘yinda 10 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar