
"Milan" evrokuboklar zonasiga qaytdi
Italiya A Seriyasi 35-turi doirasida "Milan" "Sassuolo"ni mehmonda 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Milanliklar safida Zlatan Ibragimovich dubl qayd etgan bo‘lsa, mezbonlar tarkibida Franchesko Kaputo yagona gol muallifi bo‘ldi.
Shu tariqa ketma-ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritgan "Milan" Evropa ligasi uchun yo‘llanma beradigan o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar