"Milan" bosh murabbiyi: Chalxanoglu - top darajadagi futbolchi

  • 25 dekabr, 2020, 12:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli “rossonerilar” jamoa yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu bilan amaldagi shartnomani uzaytirishini xohlamoqda.

Tecno

“Kuchli o‘yinchilarimiz borligi sababli, biz ko‘plab uchrashuvlarda g‘alaba qozondik va ularni boshqalarga almashtirmas edim.

Chalxanoglu aqlbovar qilmaydigan texnikaga ega, u fantastik futbolchi, u har doim maydonda nima qilishni biladi. U saxiy, u top darajadagi o‘yinchi.

Chalxanogluni bu erda hamma narsa qoniqtiryapti, deb o‘ylayman. Hozirda muzokaralar ketmoqda va barchamizning xohishimiz bitta”, - dedi Pioli.

26 yoshli turkiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!