"Milan" bosh murabbiy lavozimiga Leonardu Jardim nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 24 may, 2019, 17:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi rahbariyati "Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardimni jamoaga taklif qilishmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar “rossonerilar” mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmasa, amaldagi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo iste’foga chiqariladi. Uning o‘rniga esa aynan portugaliyalik mutaxassis tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” so‘nggi tur oldidan A Seriya musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Ularni esa EChLga yo‘llanma beruvchi 4-o‘rindan bor yo‘g‘i 1 ochko ajratib turibdi.

Ma’lumot uchun, Jardimning “Monako” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Islom Jurayev
24/05/2019 18:51
Yaxshi variant