
Mikautadze "Vilyarreal"ga o‘tishi mumkin
Jurnalist Fabris Xokinsning xabariga ko‘ra, "Lion" hujumchisi Jorj Mikautadze "Vilyarreal"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. 24 yoshli futbolchi ispaniya klubi bilan uzoq muddatli shartnoma borasida kelishib olgan.
Tomonlar o‘rtasidagi transfer qiymati taxminan 30 million evroni tashkil qilishi aytilmoqda.
Mikautadze 2024 yilda "Lion"ga qo‘shilgan edi. O‘tgan mavsumda u Liga 1 doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar