“Metallurg” o‘z tarkibiga Superligadan ikki nafar yangi o‘yinchini qo‘shib oldi

  • 12 yanvar, 2022, 17:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha o‘z uyida yangi mavsum tayyorgarligini boshlagan Bekobodning “Metallurg” jamoasi tarkibini ikki nafar yangi futbolchi bilan to‘ldirdi. Ulardan biri darvozabon Akmal Ortiqov bo‘lsa, ikkinchisi himoyachi Farhod Bekmurodovdir. Har ikkala futbolchili bilan rasman shartnoma imzolandi.

Tecno

Tajribali darvozabon Akmal Ortiqov o‘tgan mavsumni Superliga debyutanti “Turon” jamoasida o‘tkazib, muxlislarda iliq taassurot qoldirgandi. Akmal Ortiqov kuchlilar safida 2012 yilgi mavsumdan faoliyat yuritib kelayapti. U turli yillarda “Navbahor”, “Olmaliq” (AGMK), “Andijon”, “Turon” jamoalari tarkibida faoliyat yuritdi. Asosiy tarkibda 53 uchrashuvda maydonga tushdi. 5 marta ogohlantirilgan.

Farhod Bekmurodov esa bekobodliklar safiga “Qo‘qon 1912” jamoasidan kelib qo‘shildi. Farhod Superliganing tajribali yarim himoyachilaridan biri sanaladi. U faoliyati davomida “Andijon”, “Lokomotiv” hamda “Qo‘qon 1912” jamoalari tarkibida 88 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Raqiblar darvozasiga 4 ta gol kiritgan. 25 marta ogohlantirilgan. 

"Metallurg" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!