"Metallurg" noqulay raqibga qarshi o‘ynaydi...mi?

  • 7 noyabr, 2024, 12:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turida "Metallurg" Toshkent shahrida "Bunyodkor" mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Mazkur jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 37 marotaba to‘qnash kelishgan. “Qaldirg‘ochlar” 26 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 4 ta o‘yinda “Metallurg” zafar quchgan. 7 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati: 66:28. 

Ushbu jamoalarning “Bunyodkor” maydonida o‘tgan uchrashuvlarida mezbonlar to‘liq ustunlikka ega bo‘lishgan. “Metallurg” raqibini 2007 yilda – ilk safar uchrashuvida mag‘lubiyatga uchratgan. Yana 2 ta o‘yinda durang o‘ynagan. Qolgan barcha uchrashuvlar “qaldirg‘ochlar” foydasiga yozilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 36:11.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:

23.11.2023 «Bunyodkor» - «Metallurg» 1:0
10.05.2022 «Bunyodkor» - «Metallurg» 1:1
13.08.2021 «Bunyodkor» - «Metallurg» 2:0
17.08.2020 «Bunyodkor» - «Metallurg» 2:0
18.08.2019 «Bunyodkor» - «Metallurg» 1:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!