Messi PSJdagi sobiq jamoadoshlari bilan uchrashuv taassurotlari haqida gapirdi

  • 1 iyul, 05:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi PSJdan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng sobiq jamoadoshlari bilan uchrashdi.

Tecno

Messi o‘yindan keyin "Barselona"dagi sobiq va PSJdagi jamoadoshi Usmon Dembele bilan futbolka almashdi. Shuningdek, Janluiji Donnarumma va Presnel Kimpembe bilan suhbatlashdi. Leo boshqa bir joyda esa parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike bilan uchrashdi. 

"Bu men yaxshi munosabatda bo‘lgan jamoadoshlar edi. Parijdagi ikki mavsum davomida ular bilan yaxshi aloqada bo‘lganman. Hozirgi jamoada o‘sha davrdagi futbolchilar ko‘p qolmagan, ammo qolganlari bilan munosabatlarim doimo yaxshi bo‘lgan. Men bu uchun minnatdorman, ularning menga bo‘lgan munosabati haqiqatdan ham iliq edi" — deya Messi ta’rif berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, MLS klubi ustidan zafar quchib, chorak finalga yo‘l olgan PSJ navbatdagi bosqichda "Bavariya" bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!