
Messi OChL chempioni bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi argentinalik hujumchi Lionel Messining "Inter Mayami" bilan shartnomasi yakuniga etgach, Leoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar bermoqda L’Equipe nashri. Messining Amerika klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 31 dekabriga qadar mo‘ljallangan.
Manbaga ko‘ra, "Al-Ahli" rahbariyati bir necha haftadan beri argentinalikni transferga rozi bo‘lishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Muzokaralarning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan, biroq 2034 yilda jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan mamlakat Messini o‘z foydasiga tanlov qilishga ko‘ndirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqchi.
Argentinalik futbolchi AQSh klubiga o‘tgunga qadar "Barselona" va PSJ klublarida o‘ynagan. Shuningdek, Lionel Argentinaning "Nevell Old Boys" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Ahli" yakuniga etgan mavsumda Elit Osiyo Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi.
Fikrlar