
Messi "Espanol"ga qarshi bahsda ishtirok eta oladi
"Barselona" klubi forvardi Lionel Messi La Liganing 29-turidan o‘rin olgan "Espanol"ga qarshi bahsda ishtirok eta oladi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchining kuni kecha Venesuelaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dembele va Suares kabi Messini ham “Espanol”ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. "Barselona" – "Espanol" uchrashuvi 31 mart kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum kataloniyaliklar safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 39ta gol hamda 21ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar