
Messi debyut o‘yinida super gol urib, "Inter Mayami"ga 3 ochko taqdim etdi
Liga Kubogidan o‘rin olgan "Krus Azul" - "Inter Mayami" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mayamiliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Robert Teylor mexmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 65-daqiqada Uriel Antuna hisobni tenglashtirdi. Ushbu o‘yinda Lionel Messi o‘z debyutini amalga oshirdi. Hujumchi 54-daqiqada Benjamin Kremachi o‘rniga maydonga tushdi. Serxio Buskets ham David Ruis o‘rniga o‘yinga qo‘shildi. 90+4 daqiqada Messi jarima zarbasidan ajoyib gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Inter Mayami" g‘alaba qozondi. Klubni oldinda "Atlanta Yunayted"ga qarshi bahs kutmoqda.
Fikrlar