Jerrard orzular terma jamoasiga Ronalduni emas Messini kiritdi

  • 19 aprel, 2020, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shotlandiyaning “Reynjers” klubi bosh murabbiyi Stiven Jerrard “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi Jeymi Karrager boshlagan chellenjni davom ettirdi va o‘zining orzular terma jamoasini tuzib chiqdi.

Tecno

Aytish kerakki, ushbu chellenjning asosiy sharti jamoaga bir mamlakat yoki bir klubdan 1 tadan ortiq futbolchi qo‘shish mumkin emas.

Jerrardning orzular jamoasi esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Yan Oblak («Atletiko»);

Himoyachilar: Kafu («Milan»), Vensan Kompani («Manchester Siti»), Kalidu Kulibali («Napoli»), Endryu Robertson («Liverpul»);

Yarim himoyachilar: Toni Kroos («Real»), Roy Kin («Manchester Yunayted»);

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Alessandro Del Pero («Yuventus»), Kilian Mbappe (PSJ), Dide Drogba («Chelsi»).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!