
Messi “Barselona” chempionligiga qanday munosabat bildirdi?
Ayni paytda AQShning “Inter Mayami” jamoasida o‘ynayotgan Lionel Messi sobiq jamoasi “Barselona”ning Ispaniya chempionatidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
Argentinalik yulduz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga qisqagina qilib, “Tabriklayman”, deb izoh qoldirdi xolos.
Ta’kidlash joizki, Kataloniya klubi argentinalik yulduz 2021 yili klubni tark etganidan beri jami beshta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Umumiy hisobda, “Barselona” o‘z tarixida 28 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha kataloniyaliklar ashaddiy raqib – “Real”dan orqada. Madrid superklubi La Ligada 36 marotaba bosh sovringa ega chiqqan.
Fikrlar