
Merab Dvalishvilini kim to‘xtata oladi? Rossiyalik UFC jangchisi javob berdi
Rossiyalik UFC jangchisi Irina Alekseeva o‘ta engil vazn toifasi chempioni Merab Dvalishvilini mag‘lub eta oladigan jangchi kimligini aytdi.
"Shon O'Melli ikkinchi bahsda Merabga hech qanday qarshilik ko‘rsatolmadi. Gruziyalik uni shunchaki yo‘ldan olib tashladi. Biroq menimcha, mazkur divizionda Dvalishvilini engishga qodir bitta yigit bor. Bu - Pyotr Yan. Chunki u xatolari ustida tinimsiz ishlaydi va har safar yanada kuchliroq bo‘lib oktagonga chiqadi. Ushbu to‘qnashuv super tarzda o‘tishiga ishonchim komil" - dedi Irina rossiyalik muxbir Sergey Sorokin bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Pyotr Yan "UFC Fight Night 248" turnirida Deyvison Figeyreduni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar