
Mbappe va Dembele PSJning navbatdagi o‘yinida maydonga tushadi
Hujumchi Kilian Mbappe hamda vinger Usmon Dembele Frantsiya chempionati 2-turidan o‘rin olgan "Tuluza"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Eslatib o‘tamiz, ikki futbolchi ham ilk turdan o‘rin olgan "Loryan"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgandi.
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike shunday dedi:
Kilian ajoyib formada va uning kayfiyati ham yaxshi. Men tarkibimda Kilian kabi jahon darajasidagi futbolchi borligidan xursandman. Shuningdek, Usmon ham ilk daqiqalardan o‘ynashga tayyor", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar