Mbappe “Real” nimadan hayratga tushdi?

  • 26 noyabr, 2024, 14:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Pari Sen-Jermen”dagi faoliyatini yakunlab, erkin agent maqomida “Real”ga ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappe Madrid superklubida o‘zini hayratga solgan jarayonlar haqida gapirib berdi.

Tecno

- Men “Real” akademiyasi  “Kastilya”dan hayratga tushdim. Bu erdan juda zo‘r o‘yinchilar etishib chiqayotganini bilmas ekanman, - dedi frantsiyalik to‘purar.

Mbappening o‘zi “Monako” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadan tashqari o‘z yurtida PSJ sharafini ham himoya qilgan.

Kilian Madrid superklubiga ko‘chib o‘tganidan beri barcha turnirlarda 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘qqizta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

25 yoshli futbolchining “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha tuzilgan. Mbappe bu bitimga ko‘ra, klubda eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!