Mbappe: "Real" har doim Chempionlar ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogar"

  • 7 sentabr, 19:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi va Frantsiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe klubining mavsum oldidagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

Tecno

"O‘ylaymanki, o‘tgan mavsumdan juda ko‘p narsa o‘rgandik, ammo endi uni amaliy jihatdan ko‘rsatish vaqti keldi. Albatta, bu uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Bu mavsum klub uchun juda muhim. Shu bilan birga, Jahon chempionati ham yaqinlashayotgani barcha futbolchilar uchun ahamiyatli, men ham shular qatoridaman.

Men doimo aytaman: "Real" – Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun asosiy favorit. Ammo Evropada juda ko‘p kuchli jamoalar bor.

O‘tgan yili yangi format bilan musobaqa ajoyib o‘tdi. Bu yil esa yanada qiziqarli bo‘ladi. Oxirida kim g‘olib chiqishini tomosha qilish maroqli bo‘ladi", – dedi Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!