Mbappe PSJga 3 ta shart qo‘ydi. Ularning biri - Neymarni sotish!

  • 26 dekabr, 2022, 13:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Kilian Mbappe PSJ rahbariyatiga uchta shart qo‘ydi. Agar klub ularni bajarsa, u jamoada qoladi. Bu haqda Ok Diario nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, Mbappening birinchi sharti - braziliyalik Neymarni sotish. Frantsiyalik futbolchi ushbu mavsumda janubiy amerikalik yulduz bilan nizolarga duch keldi. Shu sababdan u Neymarni jamoada ko‘rishni istamaydi.

Ikkinchi shart – angliyalik hujumchi Xarri Keynni sotib olish. Mbappening fikricha, “Tottenxem” yulduzi parijliklar o‘yinini yanada kuchaytira oladi.

Uchinchi shart - bosh murabbiyni almashtirish. Kilian jamoani Kristof Galte o‘rniga Zinedin Zidan boshqarishini xohlaydi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!