Mbappe mening futbolkamni so‘radi

  • 13 iyul, 2024, 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Lamin Yamal Frantsiya terma jamoasi sardori va etakchisi Kilian Mbappe Evropa chempionatining yarim final uchrashuvidan keyin futbolka alishtirishni so‘raganini aytdi.

Tecno

Ma’lumki, final yo‘llanmasi uchun bahsda ispanlar frantsiyaliklarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqadan chiqarib yubordi. Gollardan biri aynan Yamal kiritib, qit’a va jahon chempionatlari tarixida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

- O‘yindan keyin Kilian Mbappe mening futbolkamni so‘radi, - dedi Lamin Yamal jurnalistlar bilan suhbatda.

Ta’kidlash joizki, Kilian Mbappening Germaniya maydonlaridagi o‘yini muxlisu mutaxassislarning e’tirozi va tanqidiga sabab bo‘lmoqda. Aksincha. Lamin Yamal yorqin o‘yinlari bilan barchaning e’tiborini qozondi va Ispaniya terma jamoasining finalga chiqishiga munosib hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!