
Mbappe butun Frantsiyani xavotirga soldi
Amaldagi jahon chempioni – Frantsiya milliy terma jamoasining asosiy futbolchisi Kilian Mbappe butun hamyurtlarini xavotirga solib qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi to‘pig‘idagi og‘riqlar tufayli qiynalmoqda. Muammo mashg‘ulot chog‘ida kuchayib ketgan.
Manbalar Mbappe bir necha soatdan keyin boshlanadigan Tunisga qarshi uchinchi tur uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin ekan.
Mbappe jahon chempionatining dastlabki ikki uchrashuvida uchta gol urib, jamoasining pley-offga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.
Fikrlar