Maykl Bisping: "Tez orada yangi chempion paydo bo‘ladi"

  • 1 yanvar, 12:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

45 yoshli angliyalik sobiq jangchi Maykl Bisping ikki karra Olimpiada chempioni Kayla Xarrison (18-1) va amaldagi UFC chempioni Julianna Penya (13-5) o‘rtasidagi ehtimoliy bahs haqida gapirdi.

“Juliannaga hurmatni saqlagan holda aytaman, ayollar o‘ta engil vaznida Xarrison chempionga aylanadi. Chunki u juda kuchli ruhiyatga ega. Kayla Penyani sabmishn evaziga mag‘lub etadi" - deya Bispingning so‘zlarini keltirdi "MMAJunkie".

Eslatib o‘tamiz, Kayla Xarrison oxirgi jangida Ketlin Vieyrani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra taslim qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!