
Maxrezga Evropaning ikki grand klubi qiziqib qoldi
Foot Mercato nashri xabariga ko‘ra, PSJ va "Chelsi" klublari "Manchester Siti"ning jazoirlik yarim himoyachisi Riyod Mahrezga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, ikkala klub ham yozgi transfer oynasida futbolchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Maxrez PSJ tarkibida argentinalik Anxel Di Mariyaning o‘rnini egallashi mumkin.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli Mahrez joriy mavsum «Manchester Siti» safida barcha turnirlar doirasida jami 33ta o‘yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 7ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar