
Mavlud Tifiev Tailand yulduziga qarshi jang qiladi
9 fevral kuni Singapurda ONE Championship navbatdagi turnirini o‘tkazadi. Ma’lumki, ushbu promoushen MMA bilan bir qatorda professional muaytay bo‘yicha ham janglar o‘tkazadi. Ushbu jang oqshomida o‘zbekistonlik muaytay ustasi Mavlud Tifiev ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. Uning bu safargi raqibi Tailand yulduzlaridan biri bo‘lib, dunyo reytingida 3-o‘rinda qayd etilgan, Rambolek Chor Adjalabun bo‘ladi. Mazkur jang 65,7 kg vazn toifasida o‘tkaziladi.
Albatta, Mavlud Tifiev ham juda tajribali sportchilarimizdan va o‘ylaymizki, u jiddiy raqibga qarshi chiroyli jang qilgan holda barchamizni xursand qiladi. Bu borada unga omad tilab qolamiz!
Fikrlar