Masvidal Konor Makgregorni haqorat qildi
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC jangchisi Xorxe Masvidal sobiq chempion Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, Konor Makgregor kun bo‘yi televizor qarshisida baqirib o‘tiradigan, g‘azablangan chol. U jarohat olganini qabul qila olmayapti.
U endi ko‘p jarohatlanadi, to‘liq tayyorgarlik bilan jangga chiqa olmaydi. Shunchaki oddiy hayot kechir, uka. Bu yigit oxir oqibat o‘zini o‘limga olib boradi", - dedi Masvidal.
Avvalroq, Konor Xorxeni Leon Edvardsga qarshi jangdan bosh tortgani haqida keskin gapirgan edi.



Fikrlar