Mashhur klubning 13 yoshli futbolchisi qotillik bo‘yicha qamoqqa olindi

  • 6 sentabr, 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya futbolida mudhish holat yuz berdi. Lion shahri politsiyasi 16 yoshli o‘smirni o‘ldirishda gumon qilinayotgan 13 yoshli futbolchini hibsga oldi.

Tecno

“Lion” klubi akademiyasida shug‘ullanayotgan bola o‘z qurboniga orqadan pichoq urgan. Shifokorlar pichoqlangan o‘smirning hayotini saqlab qolish uchun harchand urinmasin, buning imkoni bo‘lmadi.

Marca nashrining yozishicha, politsiya gumondorning ham, qurbon bo‘lgan yigitning ham shaxsini sir tutmoqda. Ayni paytda huquq-tartibot idoralari qotillik quroli – pichoqni qidirish bilan band.

“Lion” klubi ham hozircha holat bo‘yicha biror rasmiy ma’lumot chiqargani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!