"Mash’al" Murtazoevning dubli evaziga "Dinamo"ni yirik hisobda engdi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Mash’al” bugun Muborakda Pro-liga vakili hisoblangan “Dinamo”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
O‘yin mezbonlarning to‘liq ustunligida kechdi va bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. Xumoyun Murtazoevning dubli va Sirj Qo‘zievning goli “Mash’al”ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasini ta’minladi.
O‘rtoqlik uchrashuvi.
"Mash’al " - "Dinamo" 3-0
Gollar: X. Murtozaev (3, 27), S. Qo‘ziev (44)



Fikrlar