
Martinelli: "Bu mavsumda mening ismimni ko‘proq eshitasizlar"
"Arsenal"ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Martinelli muxlislar tanqidiga o‘z munosabatini bildirdi.
"Internetda menga qaratilgan tanqidlarni ko‘raman va bu meni ranjitadi. Gol ursam — meni Ronaldino deb ataydi, gol urmasam — haqorat qiladi. Ammo ishonch bilan aytamanki, bu mavsumda mening nomimni ko‘proq eshitasizlar: gollar uraman, golli uzatmalar ham beraman", — deya javob berib o‘tdi braziliyalik yulduz.
Braziliyalik futbolchi 2019 yildan beri "Arsenal" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsum APLning ikki uchrashuvida maydonga tushgan, ammo hozircha golni ham, assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ya olmadi.
Fikrlar