
Markinos: "Bizda yuqori darajadagi jamoa bor"
PSJ sardori va himoyachisi Markinos UEFA Superkubogida "Tottenxem"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Mavsumni Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida yakunlash ajoyib bo‘ldi. Yangi mavsumni esa Superkubok sohibi sifatida boshlash esa boshqacha zavq beradi deb o‘ylayman. Biz uchun bu holat ilk bor sodir bo‘ladi. Bunday sovrinni qo‘lga kiritish ajoyib, biroq biz buni yana qayta qayta takrorlashni istaymiz.
Bu jamoada ekanimdan va bu jamoa bilan sovrinlar yutganimdan xursandman. "Tottenxem" jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlangan. Biz xam Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng o‘z o‘yinimizni yo‘qotib qo‘ymadik. Buni mashg‘ulotlarda ko‘ryapmiz. Hozirda jismoniy holatimiz a’lo darajada bo‘lmasa ham, bizda yuqori darajadagi jamoa bor", - dedi braziliyalik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ va "Tottenxem" o‘rtasidagi Superkubok uchrashuvi 13 avgustdan 14 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar