
Mane yubiley golini urdi
«Liverpul» hujumchisi Sado Mane APL doirasidagi «Norvich» (1:0) ga qarshi o‘yinga 60 daqiqada zahiradan kelib qo‘shildi. 18 daqiqa o‘tib esa jamoasining yagona, g‘alaba goli muallifi bo‘ldi.
Senegallik hujumchi bu goli bilan o‘zining Angliyadagi gollari sonini 100taga etkazib oldi.
U urgan gollarning 4dan uch qismi «Liverpul» foydasiga hizmat qilgan.
Mane «Liverpul» libosini kiymasidan oldin, ikki yil davomida «Sautgempton» jamoasida o‘ynagan.
Fikrlar