Mane "Real"ga o‘tishga tayyor

  • 27 mart, 2019, 20:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" forvardi Sadio Mane yozda "Real"ga ko‘chib o‘tishga tayyor. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli senegallik futbolchi Zinedin Zidan qo‘l sotida to‘p surishni xohlamoqda. O‘z navbatida frantsiyalik mutaxassis ham uni o‘z jamoasida ko‘rish istagida.

Manening fikricha uning Angliyadagi faoliyati o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Biroq, “qirollik klubi”ga uni sotib olish oson bo‘lmaydi. Chunki, Manening mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan va unda tovon puli belgilanmagan. Bunday holatda esa “Liverpul” uni istagan mablag‘iga sotishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Mane joriy mavsum “Liverpul” safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!