Mane "Manchester Yunayted"ga o‘tishni xohlagan

  • 9 aprel, 2020, 17:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane dastlab “Manchester Yunayted”ga o‘tmoqchi bo‘lganini aytdi.

Tecno

“Men “Liverpul”ga transfer bo‘lishimni kutmagandim. Ko‘proq “Manchester Yunayted”ga o‘tish haqida o‘ylardim. O‘sha paytlar men uchun oson bo‘lmagan, chunki, asosan zaxirada o‘tirardim. Kimdir menga qo‘ng‘iroq qilishini ham kutmaganman. Ammo, Yurgen Klopp mening raqamimga qo‘ng‘iroq qilganida, juda ham xursand bo‘lib ketganman”, - deydi senegallik futbolchi.

Mane 2016 yil 40 mln evro evaziga “Sautgempton”dan “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum APLda 26 ta o‘yinda ishtirok etdi va 14 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!