“Manchester Yunayted”ga ikkita zo‘r hujumchi kerak

  • 1 iyun, 2023, 07:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” joriy mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi.

Tecno

Kelasi mavsum oldidan Erik ten Xag tarkibni kuchaytirishni istamoqda. Ayniqsa, hujum chizig‘iga kuchli futbolchilar kerak.

The Times nashrining yozishicha, murabbiylar shtabi klub rahbariyatidan ikki hujumchi –  “Tottenxem”dan ketishni istayotgan Harri Keyn va “Atalanta”da o‘zini ko‘rsata boshlagan Rasmus Xyoylunni olib kelishni so‘ragan.

Transfer mutaxassislarining ta’kidlashicha, tajribali Keyn ham, yosh avlod vakili Xyoylunn ham yozda jamoasini almashtirishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!