
"Manchester Yunayted" yangi haftada Portugaliya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Lissabonning "Sporting" klubi xavbeki Brunu Fernandesh yangi mavsumni "Manchester Yunayted"da boshlashga juda yaqin turibdi.
Sportsmole nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” 24 yoshli portugaliyalik futbolchining transferini yangi haftaning o‘zida e’lon qilishlari mumkin. Ta’kidlash kerakki, Fernandesh mankuanliklar safiga o‘tsa, yiliga 6 mln evro maosh oladi. O‘z navbatida lissabonliklar esa uning transferidan 70 mln evro ishlab olishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Fernandeshga “Liverpul” va “Manchester Siti” kabi APLning boshqa grandlari qiziqishayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Brunu Fernandesh o‘tgan mavsum “Sporting” safida jami 53ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 32ta gol hamda 18ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar