"Manchester Yunayted" supertransferga tayyorlanmoqda

  • 17 mart, 16:41
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" rahbariyati yozgi transfer oynasida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, "qizil iblislar" e’tiborini La Liganing ikki futbolchisiga qaratgan. MYu "Barselona" klubi qanot hujumchisi Rafinya hamda "Atletik" hujumkor yarim himoyachisi Niko Uilyamsni asosiy nomzodlar sifatida ko‘rmoqda.

Braziliyalik hujumchining narxi 80 million evroni tashkil qilsa, Niko esa 70 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" Angliya premer-ligasining joriy mavsumida muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatmoqda. 29 turdan so‘ng Ruben Amorim shogirdlari turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!