
“Manchester Yunayted” Ronalduni qo‘yib yubormadi
Evropa matbuotida “Atletiko” Krishtianu Ronalduning keyingi jamoasi bo‘lishi haqida ko‘p yozilmoqda.
Xususan, The Athletic nashri, “Atletiko” mutsaddilari Krishtianu Ronalduni “Manchester Yunayted”dan sotib olishga tayyor ekani va bu transferda frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanndan foydalanmoqchiligi haqida axborot berdi.
Biroq, manbaning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted” avvalgi formasini yo‘qotib qo‘ygan Antuan Grizmannga qiziqish bildirmagan.
Aslida Grizmann “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. Biroq, Kataloniya klubi xo‘jayinlari ishonchni oqlamagan hujumchini sobiq jamoasi “Atletiko”ga uzoq muddatli ijaraga berib yuborgan.
Fikrlar